sakra
bilan ulashing
1. Butun gavdani irgʻitib, keskin harakat qilmoq, pastga, yuqoriga yoki bir necha qadam nariga oʻzini otmoq.
-
Rustam tomosha qilib turgan qizlar orasi-da bittasi chinqirib, osmonga sakraganini, kula-kula qarsak chalganini koʻrdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Ayol sakrab pastga tushdi-da, sumkasini kovlab, pul qidira boshladi. S. Ahmad, Ufq
2. Urilib qaytmoq, irgʻimoq, sapchimoq.
-
Bola koptokni yerga bir urgan edi, koptok tom boʻyi sakradi.
-
Quyoshda oltinlanib, toshdan toshga sakragan suvlarning shovqinini sezdi. Oybek, Quyosh qoraymas
3. koʻchma Joydan joyga oʻtmoq, koʻchmoq.
-
Chittak shoxdan shoxga sakrab, toʻgʻri ham emas, egri ham emas kaltak izlasa, Nabigul zavoddan zavodga sakrab, nima izlaydi, deysiz-da? A. Qahhor, Qanotsiz chittak
4. koʻchma Navbatdagiga toʻxtalmay, keyingisiga oʻtmoq.
-
Biz, oʻtgan 51-faslda Anvar bilan Raʼnoni Sultonalining darvozasida qoʻyib, 52-faslga sakragan edik. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
5. koʻchma Koʻtarilib-tushib turmoq (narx-navo haqida).
-
[Mirzakarimboy:] Shunday boʻlishi kerak. Narx-navo har koʻpi sakrab turibdi. Oybek, Tanlangan asarlar
sakra soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bulutga (yoki koʻkka) sakraydigan
-
Xalq bunday otlarni, bulutga sakraydigan ot, deydi.
Yerga ursang, koʻkka sakraydi
Yuz gaz (nari) sakramoq
-
Ish talab qilsang, hurkib, yuz gaz sakraysiz. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
(Oʻrnidan) sakrab turmoq
-
Bobur oʻrnidan sakrab turdi, takror eshitilgan alamli yigʻidan eti junjikib, buvisining xonasiga qarab yugurdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Charosning dahshatdan koʻzlari olayib, sakrab turib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
SAKRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САКРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sakra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar