o‘lim
bilan ulashing
1. biologiya Organizm hayot faoliyatining butunlay toʻxtashi, tugashi; ortga qaytmas jarayon, hujayra va toʻqimalarda fiziologik jarayonlar toʻxtab, ortga qaytmas holat sodir boʻlishi.
2. Inson yoki hayvon hayotining toʻxtashi; vafot, qazo.
-
Otning oʻlimi — itning bayrami. Maqol
-
Gulnor oʻlimining uchinchi kuni Samarqanddan ularning bir qarindoshi kelgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bel-bok olib kelgan odam oʻlim oldidan marhumning nimalar degani va qaysi samovarda uchratgani, birovni koʻp tilga olganini soʻzladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Jon taslim qilish, jon berish jarayoni, vaqti.
-
Mayli, siz uchun oʻlimga ham tayyorman. P. Qodirov, Qora koʻzlar
-
Lekin, Gulnorning oʻlimi oldida aytgan soʻzlarini Gulsumbibi oʻz eriga uqtirgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Xayriyat, oʻlim chekindi, ikki oydan soʻng bemor oyoqqa turdi. Gazetadan
4. so‘zlashuv tili Oʻlim yuz berishi va u bilan bogʻliq holat, sharoit, jarayon.
-
Oʻzingiz bilasiz, bultur padar marhum boʻlgan edilar, bugun boshimizga yana oʻlim tushadigan boʻlib qoldi, togʻam Homidni allakimlar chavoqlab ketibdilar! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Oʻlim— toʻy emas, borning pulini sochadi, yoʻqning sirini ochadi. E. Raimov, Ajab qishloq
o‘lim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻlim jazosi
-
Bu yaramaslar oʻlim jazosiga hukm etildi. Mirmuhsin, Meʼmor
Oʻlim toʻshagida yotibdi
-
Oʻlim toʻshagida yotganida ham hazilini qoʻymagan edi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
Oʻlimdan xabarim bor, bu gapdan (yoki narsadan) xabarim yoʻq
-
Bekor gap! Oʻlimdan xabarim bor, bu gapdan xabarim yoʻq A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
O‘LIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЛИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘lim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar