o‘lka
bilan ulashing
1. aynan Mamlakat 1.
-
Bir soʻz bilan aytganda, respublikamiz import oʻlkasidan eksport oʻlkasiga aylanib bormoqda. Gazetadan
2. Mamlakatning maʼmuriy-hududiy birlikka ega boʻlgan biror qismi.
-
Xorazm koʻp uzoq oʻlka, Mushtum togʻa chiqar yoʻlga Mushtum
-
Shohrux mamlakat butunligini saqlash va oʻziga sodiq amirzodalarni oʻrni-oʻrniga qoʻyish maqsadida viloyatu oʻlkalarga koʻproq oʻz oʻgʻillarini yubordi. Mirmuhsin, Meʼmor
3. koʻchma Biror narsa, hodisa koʻp boʻlgan, ishgʻol etgan, qoplagan.
-
Choʻpon qoʻbizining mungli kuylari el koʻrmagan qizaloqni afsonalar oʻlkasiga olib ketardi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Bir mamlakat — keksa, jafokash, Qadim davlat, qumlar oʻlkasi. E. Rahim, Yangi qadam
-
Nurxona Bekobod shahridan bir necha chaqirim yiroqlikda, shamollar oʻlkasi — Farhod qoyalari yaqini-da barpo etish boshlandi. Gazetadan
O‘LKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЛКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan O‘LKA so‘ziga berilgan ma’nolar
o‘lka so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
o‘lka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing