mag‘iz
bilan ulashing
1. 3-sh. birl. (magʻzi) 1. Danak, yongʻoq kabi qattiq poʻchoqli mevalarning ichki qismi.
-
Danak magʻzi. Yongʻoq magʻzi.
-
Ipga chizilgan bir shoda magʻizni bilagiga osib olgan Dilshod xursand, ikki yuzi anordek qizarib turar edi. S. Zunnunova, Goʻdak hidi
2. Biror narsaning ichki qismi.
-
Mirishkorlik bilan taralgan suv yerning magʻiz-magʻziga singib, gʻoʻza tuplarining husni-jamolini ochib yubordi. A. Shermuhamedov, Piskentlik pahlavon
-
Yetiltirib uzilmagan nonning magʻzi xom qolib, sifati buziladi. Fan va turmush
3. Koʻchma Asosiy mohiyat, mazmun.
-
Masalaning magʻzi. Gapning magʻzi. Shoir ijodining magʻzi.
-
Yoppasiga va batamom qurolsizlanish gʻoyasi takliflarimizning magʻzi, oʻzagidir. Gazetadan
-
Sheʼriyatdagi ushbu yoʻnalish falsafiy lirikaning magʻzini tashkil etadi. UTA
4. Qora sariq Kabi soʻzlar bilan qoʻllanib, kishi betining rangini, shu rangga moyilligini magʻizga nisbatlab bildiradi.
-
Husayn Boyqaro bu vaqtda oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, qizil magʻiz, barvasta yigit boʻlgan edi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
-
Ozgʻin, baland boʻyli soldat qora magʻiz bir yigitning qulogʻiga nimadir deb shivirladi. A. Ubaydullayev, Qonli izdan
mag‘iz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Magʻzini chaqmoq
-
Yer sotgan er boʻlmaydi, er yer sotmaydi. Mana bu gapning magʻzini chaq. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Hozir ham hamma joyda odamlar bu nutqning matnini qayta-qayta oʻqib, magʻzini chaqmoqdalar. Gazetadan
Sariq magʻiz
3-sh. birl. (magʻzi) Kiyim, koʻrpa kabilarning chetiga ikki qavat qilib tikilgan, rangi shu narsalardan boshqacha boʻlgan tasma; adip, parovoz.
-
Koʻrpa magʻzi. Ikki yoniga qizil magʻiz tutilgan shim.
-
Toshpoʻlatov yoqasining raxi, yengining uchiga sariq kleyonkadan magʻiz qilingan fufaykasini yechib, qoziqqa ildi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
MAG‘IZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАҒИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mag‘iz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar