mazmun
bilan ulashing
1. Aql, fikrlash bilan tushuniladigan, mantiqiy mundarija; boshqa belgi bilan ifodalangan ichki mundarija.
-
Kitobning mazmuni. Xatning mazmuni.
-
Qayin otang menga bir xat yozibdir, oʻqib-oʻqib, mazmuniga tushunolmay hayron boʻlaman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Ish-harakat, voqea-hodisa va shu kabilarni belgilovchi asos, mohiyat.
-
Boshqa barcha tinchliksevar xalqlar singari, tinchlik va ijodiy mehnat xitoyliklarning ham hayot mazmuni, ijod manbaidir. T. Joʻrayev, Ulugʻ Xitoyda
-
kishilarimiz qilayotgan ishlar va koʻzlayotgan rejalar matbuotimizning asosiy mazmunini tashkil etadi. Gazetadan
-
Bu ishlarni shunchaki davom ettiribgina qolmay, uni yangi mazmun bilan boyitamiz Oʻzbekiston qoʻriqlari
3. fls. Biror hodisaning mohiyatini belgilovchi, narsalarni aynan shu narsa sifatida ifodalovchi muhim element va oʻzgarishlarning yigʻindisi, asosi.
-
Shakl va mazmun birligi.
MAZMUN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАЗМУН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
MAZMUN so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan MAZMUN so‘ziga berilgan ma’nolar
mazmun so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
mazmun so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar