mazhab
bilan ulashing
1. din. Islomda diniy huquq tizimlari va yoʻnalishlari; umuman, anʼanaviy diniy huquq doirasidan chiqmagani holda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan bir-biridan farqlanuvchi yoʻnalishlar, oqimlar.
-
Islomning shia mazhabi.
-
— Ilgari bilish kerak.— dedi Xatib domla. — Siz imomi Aʼzam Abu Hanifa mazhablaridamisiz? Yoki imomi Molik? A. Qodiriy, Obid ketmon
2. koʻchma Rasm, odat; yoʻl.
-
Ishq mazhabida kufr erur jahl ila taqvo. Hamza, Tanlangan asarlar
3. koʻchma siyos. Oʻz qarashlari va aqidalari bilan boshqalardan ajralib qolgan guruh.
MAZHAB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАЗҲАБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mazhab so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar