mag‘rur
bilan ulashing
1. Oʻz qadr-qimmati, gʻururini saqlagan; gʻururli.
-
Qosimbek yalt etib Avazga boqdi. Unga yigitning oʻzini erkin, hatto jinday magʻrur tutishi yoqdi. S. Siyoyev, Avaz
-
Unsin xizmatkorxona eshigida magʻrur, lekin oʻychan holda turgan akasini koʻrishi bilan yugurib borib, uni quchoqladi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. zid. Asossiz yoki ortiq darajada gʻururli boʻlgan, oʻzini shunday tutadigan; kekkaygan; manman; kamtar.
-
Kamtar boʻling, magʻrur boʻlmang, kekkaymang. Habibiy
-
Gap kamtarlik haqida borar ekan, koʻz oʻngimda ajoyib fazilatli kishilar, shu bilan birga, gerdaygan, magʻrur, kalondimogʻ baʼzi kimsalar gavdalanadi. Gazetadan
-
U ilgarigi magʻrur va manman Tojiboy emas, hiylagina hovuridan tushgan va ancha muloyimlashib qolgan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. koʻchma Turish-tuzilishi, koʻrinishi viqorli.
-
Havorang togʻ magʻrur yastanib yotar Yu. Hamdam
-
Joʻraqul vagon derazasidan bahor libosiga burkangan yam-yashil dalalarga, koʻkka boʻy choʻzib, magʻrur qad koʻtargan oʻrmonlarga iftixor tuygʻulari bilan qarab borardi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
MAG‘RUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАҒРУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mag‘rur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar