mashʼal
bilan ulashing
1. Uchiga latta yoki biror boshqa yonuvchi narsa oʻralgan, yoritish yoki oʻt yoqish uchun ishlatiladigan tayoq.
-
Mashʼal yoqmoq. Mashʼal koʻtarib olmoq.
-
Hokimning odamlari mashallarni yondirib, qoʻrgʻonning ichini va tevaragini yorugʻlantirib, bir qismlari qoʻrgʻonga bostirib kirdilar. S. Ayniy, Esdaliklar.
2. koʻchma Yoʻl koʻrsatib turadigan, namuna boʻlgan narsa; mayoq.
-
Sharqda mashʼal Toshkent shahri necha-necha buyuk voqealar, ulkan shodiyonalarning shohidi boʻlgan. Fan va turmush
3. koʻchma Mehnat-faoliyatda oʻrnak boʻlgan ilgʻor shaxs, xoʻjalik va shu kabilar
-
Biz ilgʻor mashʼallarning tajribasini ommalashtirishimiz kerak. F. Musajonov, Himmat
-
Respublikamizda paxta hosildorligi yil sayin oshsin, mashʼal xoʻjaliklarimiz tobora koʻpaysin. Gazetadan
MASHʼAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАШЪАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mashʼal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar