mag‘zava
bilan ulashing
1. Kir yuvilgan sovunli suv.
-
Kir togʻorasi ham hovlining oʻrtasida magʻzavasi bilan qolaverdi. S. Zunnunova, Goʻdak hidi
-
Magʻzava toʻkadigan joy ham yoʻqmi? Boʻl. Hamza, Maysaraning ishi
2. koʻchma salb. Ezma va shalviragan, maydagap, lanj odam haqida.
-
Boʻldi. Koʻp magʻzava boʻlavermanglar. Men aytadigan gapimni aytdim. M. Hazratqulov, Jurʼat
mag‘zava soʻzi qatnashgan jumlalar:
Magʻzavasi chiqmoq yoki magʻzavasini chiqarmoq
-
Ogʻzidan “shaxmat” kvadrat, ilgʻor metod degan gaplar tushmayapti. Uning shaxmati oyoqqa turib ketsa, Zunnunovning magʻzavasi chiqqani. I. Rahim, Ixlos
-
Sizni, mana bu yerda kampirni koʻpni koʻrgan esli-hushli odamlar deb ishonib yursam, ishning magʻzavasini chiqaribsizlar-ku! S. Karomatov, Hijron
Ustidan (yoki ustiga) magʻzava toʻkmoq (yoki agʻdarmoq)
-
soxta guvohlikka oʻtgan. Ustidan magʻzava toʻkkan. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Xudodan qoʻrqib, bandadan uyaling-ey ustiga magʻzava agʻdaraverasizmi. Kim biladi, balki yanglishdir. R. Fayziy, Hazrati inson
MAG‘ZAVA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАҒЗАВА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mag‘zava so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar