qog‘ozbozlik
bilan ulashing
1. Amalda emas, qogʻozdagina ish bitirish, qogʻozboz kabi ish tutish.
-
Hurmatli Toʻqliyev va Qorayev oʻrtoqlar! Qogʻozbozlik bilan plan sira yuz boʻlmaydi. Mushtum
-
Bu ministrliklarning ayrim shoxobchalarida asosiy ishdan koʻra beparvolik, qogʻozbozlik, uyushqoqsizlik avj olib ketgan. Mushtum
2. Yozish-chizish, qogʻoz-hujjat va shu kabilar bilan bogʻliq ishlar.
-
U kishi qaytguncha qogʻozbozlik ishlarini oʻzing toʻgʻrilab turasan. O. Yoqubov, Izlayman
-
[Mirzajon] Kabinetda oʻtirib, qogʻozbozlik bilan shugʻullanishga oʻrganmagan. K. Rahimov, Birinchi odim
-
— Yoʻq, yoʻq, qoʻzgʻalma. Bugun qogʻoz-bozlikka sira toqatim yoʻq! — dedi Amina opa Halimaga. O. Yoqubov, Bir felyeton qissasi
3. Yoz-yoz ishi (kimsa haqida tuhmat, gʻiybat va shu kabilarni yozish).
-
Shu Qori hozir gazeta xodimining ham payiga tushib, qogʻozbozlik qilib yuribdi. Mirmuhsin, Musicha odam
QOG‘OZBOZLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОҒОЗБОЗЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qog‘ozbozlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar