qubba
bilan ulashing
1. arxit. Yarimshar shaklidagi gumbaz.
-
Mezanalarning qubbalari. Butxonaning qubbalari.
-
Tunuka tomli uylar, yogʻoch panjaralar, gilos, olma va shaftoli; qavat-qavat imoratlar, baland qad koʻtargan minora va qubbalar uning koʻz oldidan birma-bir oʻtaverdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Salqin tushdi. Minoralarning qubbalarida oʻynardi quyosh. E. Rahim
2. Umuman, yarimshar (qubba)ga oʻxshatib ishlangan, shunday shaklga keltirilgan narsa.
-
Karavot qubbalari chiroqday yonadi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Bir shisha konyak va chiroyli vazaga qubba shaklida terilgan apelsin keldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ayolning saqichday qora sochi ikki qubba qilib boshiga turmalgan. A. Muxtor, Qanoti singan orzu
-
Agar bir gap chiqsa, shu choʻqqiga toshdan qubba qilib, belbogʻimni bayroq qilib tikaman. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. bolalar Toʻrtta yongʻoqni piramida shaklida tikib, uzoqsan soqqa bilan urib yiqitish oʻyini.
-
Qubba oʻynamoq.
QUBBA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУББА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qubba so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar