dalil
bilan ulashing
1. Fikr, mulohaza va shu kabilarni tasdiqlovchi, ular haqida dalolat beruvchi narsa; isbot, fakt.
-
Ishonchli dalil. Kuchli dalil.
-
-Gumoningiz bor-u, dalilingiz yoʻq! — Qunduzoy uning soʻzini boʻldi. Oydin, Hikoyalar
-
— Tuhmat, qani dalil? — birdan tutaqib baqirdi Uljayev. Mushtum
-
Maʼqul emas, deyish bilan ish bitmaydi, birorta dalil kerak. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. huquq Jinoyatni tasdiqlovchi narsa, fakt yoki holat.
-
Siz aytayotgan buyumlar qotillikka aloqador ekanligiga dalil boʻla olmaydi. Buni hali isbotlash kerak. Yoshlik
-
U oʻz raisini qoʻlga tushirgan hujjatlaridan, dalillaridan, tergov natijalaridan xabardor qildi. H. Gʻulom, Mashʼal
dalil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ashyoviy (yoki ashyoyi) dalil yoki moddiy dalil
-
Sud majlisi zalida Pauersni josuslikda fosh etuvchi ashyoviy dalillar qoʻyilgan. Gazetadan
-
Prokuror aslo iloji yoʻqligini ashyoviy dalillar bilan isbotlab berdi. S. Ahmad, Yulduz
Toʻgʻri dalil
Egri (yoki soxta) dalil
-
Boʻlmagan soxta dalillar bilan gapiruvchi ifloslarning soʻziga kirib, bu xilda qilish yaxshi emas. Hamza, Tanlangan asarlar
DALIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАЛИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dalil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar