dalda
bilan ulashing
Ruhni koʻtaruvchi, kuch-gʻayrat, mardlik, dadillik baxsh etuvchi maʼnaviy yordam, himoya, iliq soʻz va shu kabilar
-
Dalda boʻlmoq.
-
Atrofdagi odamlarning daldasi umidning soʻnggi uchqunini soʻndirmaslikka yordam beradi. Oybek, Tanlangan asarlar
dalda soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dalda bermoq
-
Chaqqon aka dovdirab qolgan qiziga dalda berdi. Gazetadan. -Yomon niyat qilmang,
-
Mansur akalarcha mehribonlik bilan Gavharning yelkasidan tutib, dalda berdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Pochchayev majlisni boshqarolmay, ishni buzib qoʻyganiga amin edi. Lekin Baratova koʻz qarashi bilan unga dalda berdi. A. Muxtor, Tugʻilish
Oʻziga-oʻzi dalda bermoq
-
Hiqillashni bas qil, deya oʻzimga dalda bera boshladim. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Kishi ham oʻz soʻzidan qaytadimi, deb oʻzimga oʻzim dalda berdim. Gazetadan
-
Goho oʻzimga-oʻzim dalda beraman. S. Siyoyev, Yorugʻlik
DALDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАЛДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dalda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar