dallol
bilan ulashing
1. Savdo-sotiqda oluvchi bilan sotuvchi oʻrtasida vositachilik qiluvchi, molga narx qoʻyib, ularni kelishtiruvchi kishi.
-
El nazar qilmasa, eshak bozoriga dallol ham boʻlolmaysan! Maqol
-
Tilning uzuni dallolga kerak. Maqol
-
Muhsin guppi avvaldan dallol yollab olgan shekilli, ikkovlashib bir turkmandan gilam savdolashardi. Sharq yulduzi
2. salb. Oʻrtada turib, nojoʻya ishlarni bitishtiruvchi, murosaga keltiruvchi, vositachi.
-
[Koʻziboy:] Rahimga nima deb aytaman-a? Oʻrtada dallolmisan, demaydimi!? H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Sizga oʻxshash dallollarga hojat yoʻq. Men sizni xoʻp sinaganman. Siz xalq boʻronini toʻsmoqchimisiz? Oybek, Tanlangan asarlar
3. Dalla, qoʻshmachi.
-
Gulsanam bola chogʻida onasi bilan dalada ishlashga oʻrganib qolgan edi. Endi eshikka chiqarmay qoʻyishdi: xonning dallollaridan qoʻrqadilar. Oydin, Oltin uzukka olmos koʻz
-
[Gʻofir:] Axir dallol deganda paranji boʻladi-da, choponni yigit kishi kiyadi. Hamza, Boy ili xizmatchi
-
Iyagida uch-toʻrt tola soqol koʻzga tashlangan, baland boʻyli, baquvvat, erkaksimon dallol kampir uni [kuyovni] yetaklab, palak ostidan qizga keltirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
DALLOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАЛЛОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dallol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar