dalolat
bilan ulashing
1. Biror ishga undab, ragʻbatlantirib berilgan maslahat, biror ishga ragʻbatlantirish.
-
Dalolat qilmoq (etmoq).
-
Keling, boy aka, shu bolani [qulbachchani] oling, — deb jiddiyroq dalolat qila boshladi dallol. S. Ayniy, Qullar
-
Hatto parovoz mexanigi oʻrtoq Turgʻunboy Usmonov ham dalolat qilib koʻrdi — foydasiz. Mushtum
2. eskirgan Dalil; dalillar; belgi, alomat.
-
Haligi eshitgan sirimning dalolatiga qarab, Komilbekning qotili Homid, degan fikrga tushdim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Lekin.xayr —
-
ayrilmoqqa dalolat emas M. Shayxzoda, Yillar va yoʻllar
dalolat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dalolati xayr
Dalolat bermoq
-
[Rajabovning] Ingichka qoʻli, umuman, koʻrinishi uning nimjonroq oʻsganidan dalolat berib turar edi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Uning [Navoiyning] butun qiyofasi yaxshilik istab kelgan har bir kishiga katta yaxshiliklar qila olishidan dalolat beradi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Yuzidagi kulgichi allaqanday yumshoq koʻngilligidan dalolat berayotganga oʻxshaydi. Shuhrat,Shinelli yillar
DALOLAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАЛОЛАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dalolat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar