zaharli
bilan ulashing
1. Turgan-bitgani zahardan iborat boʻlgan, zaharlaydigan.
-
Zaharli modda. Zaharli gaz.
-
Mashina terimiga ajratilgan paxta maydonlari begona oʻtlardan tozalanmagan zaharli ximikatlar tashib olinmagan. Gazetadan
2. Tarkibida zahari bor.
-
Zaharli ilon. Zaharli oʻsimlik.
-
Qora ilon [oʻz] tutgan oʻljasini maxsus zaharli tishlari bilan oʻldiradi. Zoologiya
3. Zahar surtilgan, zahar qoʻshilgan.
-
Zaharli nayza. Zaharli oʻq.
4. koʻchma Kishiga nayzadek, oʻqdek botadigan; achchiq, kinoyali.
-
Zaharli gap. Zaharli maktub.
-
— Onajon, — dedi Otabek, — sizning zaharli soʻzlaringizga nima deyishga ham hayronman A. Qodiriy, Utgan kunlar
-
Iskandarov oʻl bu kuningdan degandek, zaharli jilmayib qoʻydi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Mirkomilboy bir mahal qoʻlini chayib turib, Sodiqjon boyvachchaga zaharli bir muloyim-lik bilan gap qotdi. K. Yashin, Hamza
ZAHARLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАҲАРЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan ZAHARLI so‘ziga berilgan ma’nolar
zaharli so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
zaharli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar