yumsha
bilan ulashing
1. Yumshoq holga kelmoq, mayinlashmoq.
-
Mum yumshadi. Azot bilan oʻgʻitlangan yer yumshaydi.
-
U [Yoʻlchi] bu yerga oldin suv berib, yer yumshagandan soʻng kovlash kerakligini anglasa ham, vaqtni yoʻqotmaslik uchun metin joyni kovlaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Asfalt yoʻllar boʻlsa mumdek yumshagan Mirmuhsin, Umid
2. koʻchma Hovuridan, gʻazabdan tushmoq; andisha, shafqat yoʻliga oʻtmoq; erimoq.
-
Araz-lab turgan Ziyodaxon Sherbekning gapiga yumshab: — Bolalikdagi shoʻxligingiz haliyam qolmabdi, — dedi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Ammo yasovul bir qizning yalinib-yolvorishidan yumshaydigan kishilardan emas. S. Ayniy, Doxunda
-
Kampir nevarasining porlab turgan koʻzlariga tikilib, bir oz yumshadi. J. Abdullaxonov, Toʻyga kelinglar
3. koʻchma Pasaymoq, susaymoq, boʻshashmoq (sovuq, vaziyat va shu kabilar haqida).
-
Keskinlik ancha yumshadi.
-
Sovuq bir oz yumshab tushgan, quyosh ochiq havoda harakat etmoqda edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Fevralning oʻrtalarida havo yumshab, dala-toshni, toʻqaylarni bosib yotgan qalin qor yopigʻi teshila boshladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Soʻzingiz toʻgʻri, inim qumda havo qiziq boʻlishiga qaramay, nafas olish qulay. Asablar ham yumshab, kishi kayfiyati koʻtariladi. Mirmuhsin, Meʼmor
YUMSHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮМША so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yumsha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar