yumush
bilan ulashing
1. (koʻproq oddiy soʻzlashuvga xos)
2. 1 Ish, xizmat; mehnat.
-
Ogʻir yumush. Roʻzgʻor yumushlari.
-
Qaynata bilan qaynananing uydagi yumushlari har kuni ertalabdan kechgacha kelinga ibratli va insofli xotin qanday boʻlishi toʻgʻrisida nasihat qilish edi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
-
Yelkaga bahor oftobi tegib, dehqonning yumushi koʻpayib qolgan. S. Mahkamov, Katta rulda
3. Vazifa, topshiriq.
-
Past baho aslo olma, Pok yuzingga dogʻ solma. Uyingga bersa yumush, Lozimdir yozib qoʻyish. Q. Muhammadiy
-
Oilaning har bir aʼzosi oʻz ishi, yumushi bilan mashgʻul. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Otabek mehmonlarni tanchaga oʻtqazib, fotihadan soʻng Hasanalidan soʻradi: — Baʼzi yumushlar buyursam [Hasanali:] Buyuringiz, oʻgʻlim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
YUMUSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮМУШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yumush so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar