yumshoq
bilan ulashing
1. Qoʻl tegsa botadigan, oson eziladigan; muloyim, mayin.
-
Yumshoq yostiq. Yumshoq pat. Yumshoq xamir.
-
Uy toʻrida, yumshoq koʻrpa ustida qargʻashoyi koʻylakli bir xotin yotar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
U beixtiyor toʻshakday yumshoq maysazorga oʻtirib qoldi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Qor suviga toʻygan yer xamirdek yumshoq edi. S. Ahmad, Ufq
-
Normat Adolatning yumshoq qoʻli, nozik barmoqlarini kafti bilan siladi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Osonlikcha turli shaklga kiradigan, ishlov berilishi oson, boʻsh.
-
Yumshoq yogʻoch. Yumshoq metall. Yumshoq sim.
3. Chaynalishi, yeyilishi oson; mayin, muloyim (ovqat haqida).
-
Yumshoq shavla.
-
Mana, yigitcha, yumshoq non ham olib chiqdim. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Shu yigit menga uch hafta qaradi, bir burda non topsa, yumshoq joyini menga berib boqdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. koʻchma Birovga qattiq gapirmaydigan, dagʻallik qilmaydigan; muloyim.
-
Munavvar oʻta intelligent, yumshoq bir odamga dagʻallik qilib, ozor berganiga oʻksindi. S. Anorboyev, Mehr
-
Kampir koʻpni koʻrgan, achchiq-chuchukni tatigan, yumshoqqina xotin edi. S. Ahmad, Ota
-
Tabiatan yumshoq, koʻngilchan odam, yolgʻiz farzandini urishishga tili bormasdi. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
5. Yoqimli taʼsirga ega; muloyim.
-
Avji qish vaqti boʻlsa ham, yerda sira qor yoʻq, havo xuddi bahorday yumshoq edi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Hozir uning horgʻin yuzidagi yumshoq jilmayish birdan soʻndi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
-
dedi-da, sababini oʻzim ham bilmayman, degandek yumshoq kulib qoʻydi. Shuhrat, Shinelli yillar
6. Ozor yetkazmaydigan; yengil.
-
Yumshoq jazo.
-
Quturmay ham nima qilsin, chayqovchilikda ayblanganlarning ustidan sudlar shu qadar yumshoq hukm chiqaradiki, bilmay-san kishi: jazo berdimi, nasihat qildimi? A. Qahhor, Ogʻaynilar
yumshoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻngli yumshoq yoki yumshoq koʻngil
-
Ochil qanchalik tez va koʻngli yumshoq boʻlsa, Mahkam shunchalik vazmin edi. P. Qodirov, Uch ildiz
Yumshoq supurgi
YUMSHOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮМШОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yumshoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar