latta
bilan ulashing
1. Chit buyumlarning parchasi; ishlatilgan, eski-tuski matolar.
-
Katta-kichik xitoy vazalarni latta bilan yaxshilab artdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ikki qadam bordi-yu, lattaga oʻralgan bir nimani Samandarning qoʻliga berdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. so‘zlashuv tili Umuman, ip gazlama, undan tikilgan narsalar.
-
Yangi yor topganda, doʻstlar, eskidan kechmoq kerak, Eskini oʻlgan sanab, latta kafan bichmoq kerak. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Nima qilasan lattani? Yoʻqot! — Keliningiz xursand boʻlsin, degan edim-da! A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
3. sheva Ipak mato.
-
Xitoyi latta. Latta roʻmol.
-
[Kumushning] Paranjisi qoʻli-da, qora atlas koʻylak egnida, zangor latta mursak ustida edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. koʻchma Dagʻl. Oʻtaketgan boʻsh, noshud; shalviragan.
-
Erkakning zugʻmi boʻlmasa, xotinlar uni latta deydi. S. Yunusov, Oson ishning ohi bor
-
Alimardonni uchratganidan keyin
-
bildi: Anvar boʻshang ekan, latta ekan. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
latta soʻzi qatnashgan jumlalar:
Latta jinnisi
-
— Latta jinnisi! — deb baqirdi Boʻtaboy, butun alamini xotinidan olib, — lattaning uchini koʻrsatsa, oʻzingni tomdan tashlaysan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
Latta hidi keladi
LATTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЛАТТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
latta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar