yupanch
bilan ulashing
1. Yupantiruvchi, ovuntiruvchi sezgi, his-tuygʻu; tasalli, taskin.
-
Bu tovushlar, bu portlashlar uning asabini nega-dir buzmadi. Qaytaga qandaydir halovat, yupanch berayotganga oʻxshardi. S. Ahmad, Jimjitlik
-
Qozoq xalqi oʻz mung-zorini, quvonchi bilan yupanchini, orzu va muddaosini oʻlan bilan ifodalab keldi. Gazetadan
2. Yupantiruvchi narsa, shaxs; ovunchoq.
-
Kunduzi shu daraxt, kechasi paryostiq uning yupanchi. S. Nurov, Yostiq
-
Kechalari yulduz toʻla osmonga tikilib, tunni tongga ulab, qushlar naʼmasidan, suvlar shildirashidan koʻngli allaqanday yupanch izlardi. S. Ahmad, Ufq
-
U [Mohidil] onasini nihoyatda sevar, bir zumgina ajrashni istamas, yupanchi ham, quvonchi ham — shu ona. J. Abdullaxonov, Toʻfon
YUPANCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮПАНЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yupanch so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar