yupqa
bilan ulashing
1. Qalin emas, koʻndalangiga ingichka; nozik.
-
Yupqa gazlama. Yupqa teri. Yupqa qogʻoz. Yupqa tunuka. Yupqa shisha.
-
U bir lahzada kosani tushirib, yupqa poʻstloq ichidan shirasi tomib ketgudek boʻlib turgan shaftoliga qoʻl urdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Toʻlamat moʻylov yupqa las chopon ustidan qavat-qavat bogʻlangan qiyiqchalarga qoʻlini tiradi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Zich yoki qalin emas, siyrak (tuman, tutun, bulut va shu kabilar haqida).
-
Daryo ustini yupqa tuman qoplagan.
-
Qor-yomgʻirda boʻkib yotgan yerlardan yupqagina bugʻ koʻtarildi. Oydin, Shiringa maktub
-
Ufqdan koʻtarilgan quyosh chang va tutun orasidan yupqa bulut bosgan toʻlin oyday koʻrinar edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
3. ot Xamirni chalpakka oʻxshatib yoyib, ustiga yogʻda qovurilgan qiyma, sabzi solib, qozonda pishiriladigan taom; choʻzma.
-
Yupqa pishirmoq.
-
Oʻqishda toliqib qolmasin, deb doim somsami, uch-toʻrtta yupqami pishirib qoʻyaman. Oydin, Doʻndiqdan ham yosh ekan
4. koʻchma Faqirona; boy boʻlmagan, oz miqdorda.
-
Mutrib dorifurush otasidan qolgan yupqagina meros bilan arang tirikchilik oʻtkazardi. S. Siyoyev, Avaz
yupqa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Soyasi yupqa
Terisi yupqa
Yupqa tomoq
Xamirni yupqa yoyib, qizdirilgan qozonda har ikki tomonini agʻdarib pishirib, soʻng ichiga qiymali piyozdogʻ solib, toʻrt burchak shaklida taxlab tayyorlanadigan ovqat
YUPQA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮПҚА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yupqa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar