yuq
bilan ulashing
1. Biror narsadan yopishmoq, tegmoq.
-
Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar, Yomonga yaqin yursang, balosi yuqar. Maqol
-
U [Tursunoy] yoʻlni ham juda tanlab yurardi, shuncha yoʻl yurib, pochasining jiyagiga gard yuqqan emas. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Uning tuproq yuqqan yuzlarida iz qoldirib, toʻxtovsiz yosh oqardi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
2. Birovga oʻtmoq (asosan kasallik haqida).
-
Gripp — yuqadigan kasallik. Mening kasalim senga ham yuqmasin.
3. koʻchma Oʻz taʼsiriga olmoq, taʼsir qilmoq, boshqaga oʻtmoq.
-
Eshon ham, otinoyi ham ikkiyuzlama, yolgʻonchi va sassiq gap odamlar edi, ularning bu odatlari bolalariga ham yuqqan. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Ehtimol, Elmurodning shodligi unga yuqqandir. Shuhrat, Shinelli yillar
4. (asosan inkor shaklida) Yaxshi hazm boʻlmoq, tanasiga singimoq
-
Oʻgʻirlik osh badanga yuqmas. Maqol
-
Bir yering sanchib, boshing aylanib tursa, yegan-ichganing yuqmas ekan. Mushtum
yuq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gap yuqmaydi
-
Uncha-muncha gap manga yuqmaydi-da. Chunki terim poʻst tashlayverib, charmga aylanib ketgan. M. Ibrohimov, Egasiga tegmagan maktub
Suv yuqmas
-
— Boshligʻimiz feʼliga sira tushunib yetmadim. Oʻziyam xoʻp suv yuqmas ekan-da. Kishiga sira el boʻlay demaydi-ya — dedi Ostonaqul. S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema
YUQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yuq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar