yupun
bilan ulashing
1. Tanani yaxshi isitmaydigan, yupqa, yengil-yelpi (kiyim haqida).
-
Yupun chopon.
-
Qish sovuq va loygarchilik keldi. Mening ustim yupun, kavushimning bir jagʻi yirtilgan edi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
[Kamolning] Soqol-moʻylovi oʻsgan, kiyim-boshi yupungina. H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
-
Yoʻqchilikdan boʻlsa kerak, har qalay, Doʻst yoshligida yupun kiyinardi M. Joʻra, Iztirob
2. Ust-boshi xarob, kambagʻal; qashshoq.
-
Kir, yupun odamlar hansirab, kalovlanib, bukilib borishardi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Mehnat ahli yupun, yalangʻoch, Chapatiga boʻldilar muhtoj. Gʻayratiy
3. koʻchma Qiyinchilikda qolgan; nochor, xarob.
-
Bolalik, gʻarib va yupun kunlardan beri doʻst boʻlgan Oxunboboyevning ishonchiga loyiq ish qiloldimmi, keksayganimda beobroʻ, sharmanda boʻlib qolamanmi?! S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Xarob, yupun, talangan qishloqning iztirobbaxsh manzarasi goʻyo Polvonning koʻksiga oʻz dardini qoʻyardi. Oybek, Quyosh qoraymas
YUPUN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮПУН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yupun so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar