yuqori
bilan ulashing
1. Biror narsaning eng ustki qismida joylashgan; tepadagi, balanddagi, ustki.
-
Binoning yuqori qavati. Bulutning eng yuqori qatlamlari.
-
[Mulladoʻst:] Pastki jagʻi yuqori jagʻi bilan ertadan kechgacha mushtlashgani-mushtlashgan. Hamza, Maysaraning ishi
-
[Qiz] Belini qizil kamer bilan shunday siqib bogʻlabdiki, ikki boʻlak odamga oʻxshaydi. Agar jindek egilsa, yuqorisi tushib ketadigandek. S. Ahmad, Moʻtti
-
Zavrak bilan Zulfiqor yuqorida gʻisht terishardi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Binoning yoki biror inshootning ustki qavati; boloxona.
-
Qori oʻrnidan turdi, boshqa hech narsa demay, boshini quyi solganicha, bitta-bitta qadam bosib, yuqoriga chiqib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Biror yerga nisbatan baland oʻrnashgan joylar; baland tomon; balandlik.
-
Ahmadjon hech narsaga qaramay, polizma-poliz yuqoriga qarab ketdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
— Suvni uch-toʻrt chaqirim yuqoridan ikki yogʻiga chim bosib, koʻtarib kelish lozim boʻladi, — dedi [Amin buva]. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Katta yer yuqorida, shu yerdan bir soat moʻlroq yurasiz, u yerda nuqul paxta unadi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Yer, shaxs yoki narsa ustidagi boʻshliq; tepa.
-
Quyuq tutun yuqoriga oʻrlayapti.
-
Qaytishi hamon yuqoridan uchib oʻtgan bir-ikki moshak qushning chev-chev degan tovushini eshitib, koʻkka qaradi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Shar daqiqa sayin kattalashar, yuqoriga koʻtarilar edi. Gazetadan
-
Olatasir boshlandi, yuqoridan doʻldek yogʻila-yotgan oʻqdan dushman oʻziga keldi. Gazetadan
5. Xonaning eshikka nisbatan qarama-qarshi tomoni; odatda hurmatli kishilar oʻtiradigan tomoni; toʻr.
-
Sidiqjon poygakka bir oz siljib, uni [Zunnunxoʻjani] toʻrga taklif qildi: — Qani., yuqoriga. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Mehmonni yuqoriga oʻtqazib, darhol oʻgʻliga dasturxon yozishni buyurdi. Mirmuhsin, Meʼmor
6. Miqdor, sifat va shu kabilar jihatdan meʼyordan, mavjud holatdan ortiq, ortiq darajali.
-
Yuqori baho. Yuqori bosim (tibbiyot, fizika) Yuqori madaniyat. Yuqori malaka. Yuqori sifatli mollar. Yuqori nav paxta. Yuqori harorat. Yuqori hosil.
-
Qish boʻlishiga qaramay, havoning tafti yuqori, osmon musaffo. Gazetadan
-
Maktab islohoti oʻqituvchilik kasbining obroʻ-eʼtiborini yuqori koʻtardi. Gazetadan
7. Nisbatan ustun.
-
[Otabek] Uning husndagina emas, aqlda va boshqada Zaynabdan necha baravar yuqorida ekanini oʻyladi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Yirik zamindorlar, sarmoyadorlar uchun oʻz manfaati, oʻz foydasidan yuqori narsa yoʻq. Oybek, Nur qidirib
-
Bizning jamiyatimizda inson nurdek pokiza, nondek aziz, u har qanday boylikdan yuqori turadi. Gazetadan
8. so‘zlashuv tili Vazifa, mavqe va shu kabilar jihatdan yuqori, yetakchi boʻlgan (tashkilot, organ va boshqalar).
-
Yuqoridan olingan buyruqqa binoan ish koʻrmoq. Yuqoridan berilgan topshiriq. Yuqoridan kelgan vakillar.
-
— Qani., ha, undan keyin oʻrtoqlar, — deb yana izoh berdi Alimqul, — qoʻl qoʻyish masalasida menga yuqoridan ham, pastdan ham bir oz gap tegib qolayotibdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Sizga kichik ofitser unvonini berish haqida yuqoriga yozma xabar berganmiz Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
9. Oʻquvchilari oʻqish muddatini bitirishga yaqinlashib qolgan, oʻqish muddatining soʻnggi yillaridagi (sinf, kurs va shu kabilar haqida).
-
Yuqori kurs talabalari.
-
Faqat yuqori sinf shogirdlaridan bir nechasi adil, yuksak palma daraxtlari ostida nimalardir toʻgʻrisida jimgina, lekin jiddiy suhbatlashmoqda edilar. Oybek, Nur qidirib
10. (oʻrin-payt kelishigi shaklida — yuqorida). Voqealar bayonining old (yuqori) qismida.
-
Yuqorida biz yosh Xushroʻy bilan oʻquvchini bir dara-ja tanishtirgan edik. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
YUQORI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮҚОРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yuqori so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar