ko‘n
bilan ulashing
1. Biror ish, iltimos, shart, talab va shu kabilarga rozi boʻlmoq; xoʻp demoq, unamoq.
-
Maslahatga koʻnmoq. Ganga koʻnmoq. Shartga koʻnmoq.
-
Uni tashlab, bir tuya bilan ketishga tuyachilar koʻnmadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
U qizining bunchalik tez koʻnib, rozilik berganidan juda-juda xafa koʻrinardi. N. Fozilov, Diydor
-
Yigit koʻnsa, ichkuyov qilaman, koʻnmasa, qizimning baxtiga zomin boʻlmayman. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Qanoat qilmoq, koʻnikmoq.
-
Ozga koʻnmoq. Boriga koʻnmoq. Qiyinchiliklarga koʻnmoq.
-
Keyin, ish bilan ovora boʻlib, koʻnikib ketarman Odam bolasi nimalarga koʻnmaydi? P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Quloq solgin choʻponning nolishiga, Yigit koʻnar, savdo tushsa boshiga. Alpomish
3. Yigʻi, xarxashadan toʻxtamoq; ovunmoq (yosh, goʻdak bolalar haqida).
-
Marhamat obdan yigʻladi. Yuz-koʻzlarini, sochini, muzdek oyoq-qoʻllarini silab ovutaman, qani koʻnsa-chi. S. Siyoyev, Avaz
KO‘N so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan KO‘N so‘ziga berilgan ma’nolar
ko‘n so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
ko‘n so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar