ko‘mir
bilan ulashing
1. Kuyib qoraygan, lekin hali kulga aylanmagan yogʻoch qoldigʻi.
-
Chayla qamishlari allaqachon yonib bitib, yogʻochlarigina qora koʻmir boʻlib, chars-chars tutab yotardi. N. Fozilov, Diydor
2. Yerdan qazib olinadigan, asli oʻsimlik qoldigʻidan hosil boʻlgan qattiq yoqilgʻi; toshkoʻmir.
-
Koʻmir sanoati. Koʻmir koni
-
Shaxtalarda shaxtyor shiddatkor Koʻmirlarni qulatar yaxlit. Yo. Mirzo
-
Qozogʻiston — bu Qaragʻanda, Qazgan bilan tugamas koʻmir. H. Olimjon
ko‘mir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pista (yoki pistoqi) koʻmir
-
Ochiq tanchaga pista koʻmir solib ikki mufti qoʻllarini olovga tovlar edilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
kabob koʻralarda archaning pistoqi koʻmiri choʻgʻlatildi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
KO‘MIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎМИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘mir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar