ko‘mma
bilan ulashing
1. sheva Xanjuvar.
-
Koʻmma qilib ekmoq.
-
[Gʻoʻza koʻchatini] Bolalar loy-poyi bilan koʻchirib va boʻltak yerga qator koʻmmalar ochib oʻtqazdilar. N. Safarov, Zamon
2. Yerga koʻmib oʻrnatilgan.
-
Koʻmma ustunlar.
-
Sahnini yantoq bosgan yalang hovlida ikkita yogʻoch karavot, oʻrtaga koʻmma stol yasalgan, uning atrofiga qoʻlbola taburetkalar qoʻyilgan edi. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy
3. Odatda koʻmiladigan, kuzda koʻmib, sovuqdan saqlanadigan (mevali daraxtlar haqida).
-
Koʻmma anor. Koʻmma tok. Koʻmma qilmoq.
4. Choʻgʻga (oʻtga) koʻmib tayyorlanadigan, pishiriladigan.
-
Qoʻy suti, qoʻy moyiga Upadekunni qorib, Yiltillama xamirni Qoʻsh tova aro solib, Koʻmma qiladi darrov, Shuvoq ildizin yoqib. Q. Muhammadiy.
-
Bobo boʻlar xotirjam, Pishirar koʻmma kulcha. Q. Muhammadiy.
KO‘MMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎММА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘mma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar