ko‘ndalang
bilan ulashing
Uzunasiga qarab emas, balki eniga qarab joylashgan, eni boʻylab ketgan.
-
Oʻgʻlim ikkalamiz koʻcha oʻrtasida koʻndalang turib qolgan mashina tomon ildam yurdik. Yoshlik
-
Yongʻoqdan eʼtiboran soyga tushguncha koʻndalang egatli alohida taxta boshlanadi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Vagon oʻrtasida koʻndalang qoʻyilgan taxtada toʻrt kishi domino oʻynamoqda. I. Rahim, Chin muhabbat
ko‘ndalang soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻndalang boʻlmoq (yoki turmoq)
-
Namozgarda u yonidagi alp yigitlari bilan Yoʻldosh musofir degan dehqonning eshigida koʻndalang boʻldi. S. Siyoyev, Avaz
-
Lekin hozir sabab qidiradigan payt emas. Uning oldida katta masʼuliyat koʻndalang turibdi. I. Rahim. Chin muhabbat;
-
Podshoning amriga kim koʻndalang boʻla oladi?! Hech kim! K. Yashin, Hamza
-
Toʻra oʻz taklifining yuragidagi orzusiga koʻndalang boʻlganini sezib, qayeridir jiz etib ketdi. N. Fozilov, Diydor
-
Farmonni amalga oshirishga, kim boʻlmasin koʻndalang turar ekan, surishtirib oʻtirilmaydi, Sibirga badargʻa qilinadi. K. Yashin, Hamza
KO‘NDALANG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎНДАЛАНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘ndalang so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing