kolonna
bilan ulashing
1. arxit. Imoratning tomi, peshtoqi, ichki qismlari va shu kabilarni koʻtarib turishga xizmat qiladigan, asosi aylana yoki toʻgʻri toʻrtburchak shaklida boʻladigan tayanch, ustun.
-
U [qorovul] qaytib kelganda, novcha kishi imoratga uzoqdan koʻzini goh qisib, goh katta ochib qarar, pakana yigit uning kolonna va devorlariga chertib, deraza va eshiklarining boʻyogʻini tirnab, hidlab koʻrar edi. A. Qahhor, Asarlar
-
Derazalari keng va eshik oldi oppoq chiroyli kolonnalar bilan bezalgan klub binosi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
2. Harbiy xizmatchilar yoki harbiy boʻlinmalarning birin-ketin tizilgan safi; ketma-ket tizilib boruvchi odamlar, mashinalar va shu kabilar guruhi, safi.
-
Trevoga eʼlon qilinishi bilan soldatlar daraxt panalariga, oʻydim-chuqur joylarga oʻzlarini oldilar, butun kolonna yerga yotdi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Kolonna darvozaga burilib, hovliga kirdi va oldindagi kapitanning komandasi bilan toʻxtadi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
-
Shu choq tanklar kolonnasi yetib keldi-da, yoʻlda turib olib, tepalikka toʻp ota boshladi. I. Rahim, Chin muhabbat
KOLONNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КОЛОННА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kolonna so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar