koloniya
bilan ulashing
1. Xorijiy davlat (metropoliya) hukmronligi (saltanati) ostidagi, siyosiy va iqtisodiy jihatdan unga qaram boʻlgan hamda maxsus tartib asosida boshqariladigan mamlakat yoki hudud; mustamlaka.
2. Biror mamlakat yoki shaharga boshqa mamlakatdan koʻchib kelib oʻrnashgan muhojirlar va ularning manzilgohi.
-
Chor Rossiyasida nemislar koloniyasi.
3. Mahbuslarning sud tomonidan belgilangan jazo muddatini oʻtaydigan joyi.
-
Axloq tuzatish-mehnat koloniyasi. Bolalar koloniyasi. Ayollar (xotin-qizlar) koloniyasi.
4. biologiya Jinssiz koʻpayishda ona organizmidan ajralib ketmay, bir-biriga yopishib yashovchi jonivorlar turkumi, toʻdasi.
-
Marjonlar koloniyasi.
KOLONIYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КОЛОНИЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
koloniya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar