kollektor
bilan ulashing
1. Zax qochirish (drenaj) tarmogʻining suv yigʻuvchi qismidan kelayotgan (sizot) suvni toʻplab, suvi qochirilayotgan maydondan boshqa tomonga oqizib, chiqazib yuborish uchun xizmat qiladigan drenaj quvuri yoki ochiq kanal; sizot suvlarni tortadigan katta zovur.
-
Mavjud kollektor-zovur tarmoqlarini loydan va begona oʻtlardan tozalab turish ham katta ahamiyatga ega. Fan va turmush
-
Mashinamiz kollektor yoqalab choʻl ichkarisiga kirib boradi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
2. maxs. Kanalizatsiya tarmogʻining kanalizatsiya hovuzlaridan oqova suvlarni yigʻadigan qismi (beton, temir-beton yoki keramik bloklardan qilinadigan quvur, hovuz kabilar).
3. maxs. Aloqa kabellari hamda suv, gaz oʻtkazuvchi va boshqalar quvurlar yotqiziladigan yer osti yoʻlaklari.
4. tex. Ayrim texnik qurilmalarning nomi, masalan, ichki yonuv dvigatelining chiqarish va kiritish kollektori.
5. tex. fiz. Elektr toki chastotasini mexanik tarzda oʻzgartiruvchi moslama; konstruktiv jihatdan elektr mashina rotori (yakori) bilan birlashtirilgan boʻladi.
6. Biror narsa namunalarini toʻplash, roʻyxatga kiritish, saqlash va tarqatish bilan shugʻullanuvchi muassasa yoki shaxs.
-
Kutubxona kollektori.
KOLLEKTOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КОЛЛЕКТОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kollektor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar