zahar
bilan ulashing
1. Tirik mavjudotni ogʻulab yemiruvchi yoki oʻldiruvchi modda, ogʻu.
-
Ilonning zahari.
-
Bu ayol — Razzoq soʻfi degan odamning qizi, oʻz eriga zahar bergan. Choʻlpon, Kecha va kunduz
-
[Salimboyvachcha] Ichki choʻntagidan qogʻozga oʻralgan zaharni olib, titroq qoʻllari bilan oshga sepdi Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qolaversa, ilon zahari farmatsevtikada qimmatbaho xomashyo ekani ham yaxshi maʼlum. Fan va turmush
2. koʻchma Ogʻu singari achchiq, kishi hayotini ogʻulaydigan, azobga aylantiradigan narsa, holat.
-
[Elmurod} Sayfullaga Hovlingizda yegan-ichganim zahar edi, endi maktab-da rangim chiqib qoldi, deb tana qilarmish. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. koʻchma Jahl, gʻazab.
-
Hovlida oshqovoq poʻchoq sudrab oʻynab yurgan bolani koʻrib, [Sharofatning] zahri bir oz tarqaldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. Qattiq zarb, achchiq ogʻriq.
-
Tikan zahri uchida, dushman zahri ichida. Maqol
-
Ot chidamas achchiq qamchi zahriga. Goʻroʻgʻli
5. sifatdosh Koʻchma Juda ham achchiq.
-
Zahar ovqat. Zahar tutun.
6. sifatdosh Koʻchma Kishiga nayzadek botadigan, dilga ozor beradigan.
-
Zahar piching. Zahar til.
-
Rais ustaga gʻazab bilan tikildi-yu, zahar toʻla kinoya qildi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
7. sifatdosh Koʻchma Jahldor, serjahl, qahr-gʻazabli; tili achchiq va jizzaki.
-
— Bay-bay-bay, oʻzi jinqarcha boʻlsayam, shunaqa zahar qizki, xuddi Zulayho opangizga oʻxshaydi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Uning [Umidning] nazarida, Shukur Karimovich zaharroq odam koʻrindi. Mirmuhsin, Umid
-
Baxtga qarshi, tergovchi yosh boʻlsa ham, sochlari toʻkilib, tepakal boʻlib qolgan, tirnoqlarigacha zahar bir odam ekan O. Yoqubov, Izlayman
zahar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zahar boʻlmoq
-
Yana dardga koʻmildi Nisoxon boshi, Zahar boʻldi bir kosa sovigan oshi. Gʻayratiy
Zahar yutmoq
-
Kamtar boʻl, taltayma, kekkaymagin tik, Doʻst uchun zahar yut, shirin jonni tik! Yo. Mirzo, Oʻgʻil mehri
Zahar qilmoq
Zahri kelmoq
-
Bunyodning qahri keldi, Devning ham zahri keldi. H. Olimjon
Zahar (yoki zaharini) sochmoq
-
Qilgʻilikni Oʻktam qiladi-yu, zahrini menga sochasizmi? Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Nega yongan yuragimga yana sen ham zahar sochasan! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Zahrini yutmoq
-
Ogʻzing toʻla qon boʻlsa ham, raqibing oldida tupurma, deganlari esiga tushib, zahrini qult etib ichiga yutdi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
-
Bek zahrini yutdi. H. Gʻulom, Mashʼal
Sovuqning zahri
Zahri qotil
-
Zahri qotil dori.
ZAHAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАҲАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zahar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar