biqsi
bilan ulashing
1. Yonib-yonmasdan, oʻchib-oʻchmasdan tutab turmoq.
-
Ayollar bolalarini biqsib yotgan gulxan tepasiga toʻplaydilar. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Oʻrtadagi oʻchoqda hoʻl toʻnka biqsimoqda. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Mana bu qora chirogʻing oʻlgur biqsib, koʻzimni koʻr qiladigan boʻldi. Uygʻun, Hayot qoʻshigʻi
2. Achib-sasib, yaroqsiz holga kelmoq, sasib ketmoq.
-
Qolgan-qutgani boʻlsa, tuzlab qoʻying, biqsib ketmasin, oʻzingizga kerak boʻladi. Uygʻun, Doʻstlar
3. koʻchma Bir joyda qimirlamay uzoq yotib, noxush holga kelmoq, yotaverib zerikib, diqqinafas boʻlmoq.
-
— Tur bolam, yotasanmi biqsib-sasib, — deydi enasi Shavkatga. Q. Kenja, Togʻ yoʻlida bir oqshom
-
Dimiqqan uyda havo koʻrmay, toza biqsidi bolam boyoqish, aylanib, ovunib kelsin. J. Abdullaxonov, Xonadon
-
Oʻchib kul boʻlguncha, biqsib yotaveramanmi? A. Muxtor, Tong bilan uchrashuv
4. koʻchma Achchiq-tirsiq gap qilmoq, boʻlmagʻur gaplar gapirmoq.
-
Jamoatchilik ulardan hisob soʻraydi chekka-chekkalarda biqsib yurmay, gaping boʻlsa, hammaning oldida ochiq gapir, deydi. Uygʻun, Zamon talabi
BIQSI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИҚСИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
biqsi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BIQSI so‘ziga berilgan ma’nolar
biqsi so‘ziga yangi izoh qo‘shing