qoramtir
bilan ulashing
Qoraga moyil, och qora, sal qora.
-
Qoramtir bulut. Qoramtir tutun.
-
Chuqur jar tubida qoramtir anhor pishqirib, boʻgʻiq sado taratib oqayotibdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Ariqchalar boʻyi-da oʻtkir hidli, qoramtir yalpizlar, sershox jambillar oʻsgan. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Hindularning tuslari qoramtir, koʻz-qoshlari qop-qora boʻladi. S. Ayniy, Qullar
-
Abdishukur manglayi tirishgan, koʻzoynakli, etsiz qoramtir yuzi ichiga botgan oriqqina kishi. Oybek, Tanlangan asarlar
QORAMTIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОРАМТИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qoramtir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar