yig‘
bilan ulashing
1. Turli joydagi shaxslarni yoki narsalarni bir joyga keltirmoq; toʻplamoq.
-
Boshliqlarni yigʻmoq. Toʻkilgan olmalarni yigʻmoq.
-
Mana, Nazira xola ham, Shahodat xola ham kelishdi. Yaxshi boʻldi. Oʻzim ham sizlarni yigʻib, ikki ogʻiz gaplashmoqchi edim. A. Qahhor, Kampirlar sim qoqdi
-
Talʼat sinfdosh doʻstlarini yigʻib, uyida ziyofat qilmoqchi edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
El ogʻasi — donolarni yigʻinglar Yusuf va Ahmad
-
Ikkalamiz sizlarning yashash obyektlaringiz haqida maʼlumotlar yigʻyapmiz. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
2. Terib, oʻrib va boshqalar yoʻl bilan olib toʻplamoq; yigʻishtirmoq.
-
Hosilni yigʻmoq.
-
U yoz boʻyi Mansur uchun ataylab yalpiz, sariqbosh, isiriq, yana allaqanaqa giyohlarni yigʻib yurardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Biror narsani maʼlum vaqt jarayoni-da bir-bir topib toʻplamoq; jamgʻarmoq.
-
Pul yigʻmoq. Mol yigʻmoq.
-
Bisot yigʻmoqchidirlar balki? Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Axir odamlarga mehr-shafqatli boʻlishni Hamzaga shu ota taʼlim bergan, qolaversa, nega bunchalik kitob yigʻmasa. K. Yashin, Hamza
4. Jam holga keltirmoq; yigʻishtirmoq.
-
Hozir narsalarni yigʻinglar, yaxshilab nonushta qilib olinglar, yuqoriga koʻtarilamiz. S. Karomatov, Oltin qum
5. Yigʻinchoq, tartibli holatga keltirmoq.
-
— Kel, Nuri oy! — Salimboyvachcha oyoqlarini yigʻib oldi. Oybek, Tanlangan asarlar
6. tex. Qismlarni oʻzaro biriktirib bu-tun holga keltirmoq.
-
Traktorni yigʻmoq.
7. koʻchma Maʼlum bir nuqtaga qaratmoq, toʻplamoq, markazlashtirmoq (xayol, aql, kuch va shu kabilarni).
-
Stepan esini yigʻib, oʻrnidan turdi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Hakimjon shu suhbatdan soʻng oʻzining xom va chuvalashgan fikrlarini pishitdi, bir oraga yigʻdi oʻsha kundan boshlab uning hamma narsaga qarashi boshqa boʻldi! Choʻlpon, Kecha va kunduz
-
bor kuchimni yigʻib chopdim. Sh. Xolmirzayev, Yoʻllar, yoʻldoshlar
8. Ish, harakat, faoliyat va shu kabilarni toʻxtatmoq, yigʻishtirmoq.
-
Shokir ota ishni yigʻdi, koʻzoynagini olib qoʻydi. Oybek, Tanlangan asarlar
YIG‘ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙИҒ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yig‘ so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar