dilbar
bilan ulashing
1. Dilni maftun etadigan, oʻziga tortadigan, yoqimli, dilrabo.
-
Dilbar manzara. Dilbar bogʻlar.
-
Bu yerda tabiat saxiy va dilbar, Xohla — nur, xohlasang — taxtdir soya joy. M. Egamberdiyeva, Gulbarg.
-
Yaxshiyam boqiydir dilbar sheʼriyat, Samandar misoli oʻlim bilmas jon. A. Oripov, Yillar armoni
2. ot Goʻzal yor, maʼshuqa, mahbuba.
-
Qoʻllarimdan tut oʻzing, dilbar, Oydin yoʻlga yetakla meni E. Vohidov, Muhabbat
-
Bahorda ochilgan bogʻning gulisan, Sen ham bir dilbarning joni-dilisan. Malikayi ayyor
3. sifatdosh Koʻrkamligi, odobi va nazokati bilan es-hushni oladigan, chiroyli.
-
Dilbar yigit.
-
Eng dilbar odamni soʻrdilar mendan, Mening otam dedim, otam, albatta! T. Toʻla, Asarlar
-
Unaqa [Rahimaxondek] dilbar juvon endi qayoqda! E. Rayimov, Ajab qishloq
4. Dilbar (xotin-qizlar ismi).
DILBAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИЛБАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dilbar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar