to‘polon
bilan ulashing
1. Behalovat, tartibsiz oʻyin, shoʻxlik.
-
Bola-da. Bola boʻlgandan keyin, toʻpoloni, shoʻxligi bilan boʻladi-da! Shuhrat, Shinelli yillar
-
Hamroyev kechki ovqatdan keyin birpas choʻzilmoqchi boʻlgan edi, toʻgʻri kelmadi: narigi uy toʻpolon — bolalar bir-birini yostiq bilan urib oʻynayotibdi. A. Qahhor, Ayb kimda?
-
Har bir toʻyda toʻpolon qilib, bearmon oʻynab-kulishga oʻrgangan bolalar bu ulugʻ toʻydan norozi edilar. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Umuman, betartib gʻovur-gʻuvur harakat; yugur-yugur, qiy-chuv, ur-yiqit.
-
[Joʻra:] Ogʻayni, bu yana nima toʻpolon? I. Sultonov, Burgutning parvozi
-
Sen toʻpolonda bilmading. Melis ikkalamiz Gʻani toʻtini ham rosa doʻpposladik. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Vahimaga tushgan qoʻshin birdan oʻzini orqaga tashladi, ammo ur-sur toʻpolonda koʻprikka sigʻmay, ot-ulovlari bilan suvga tutday toʻkila boshladi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. Urish-janjal, mashmasha, mojaro.
-
Arzimagan gap ustida dunyo buzgan kundosh toʻpolonlari kimning qulogʻiga yoqsin? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Sherbek Oqsoyga toʻrt kun deganda, toʻpolon ustiga yetib keldi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Bir toʻpolon chiqazib, obroʻsini uch pul qilay dedim-u, yana shaytonga hay berdim. Mushtum
4. koʻchma Isyon, gʻalayon.
-
Toʻpolon chiqarmoq (koʻtarmoq).
-
[Navoiy :] Shohim mendan nima istaydilar. [Husayn:] Darveshali toʻpolonini bartaraf qilish va fitnachini tiriklay tutib keltirishni oʻzlariga havola qilsak. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
-
Suvoriy kazaklar kimdandir darak topib, gʻalayonni bostirgani kelishgan edi. Toʻpolon bosilib, Madrasa oldi jimjit boʻlgach, yana kazarmaga qaytib ketdilar. S. Siyoyev, Avaz
TO‘POLON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎПОЛОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘polon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar