to‘pla
bilan ulashing
1. Bitta-bitta terib yoki supurib, sidirib, bir yerga yigʻmoq, toʻp, toʻda holga keltirmoq.
-
Toʻkilgan olmalarni toʻplab qoʻydim. Qumni toʻplab qoʻy.
-
[Yoʻlchi] Moʻljallagan miqdorini oʻrib boʻldi. Soʻng, uyum-uyum toʻplab, keng qulochiga siqqancha koʻtarib, boyning tashqarisiga tashimoqqa boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Olaxoʻja shoshilib, laganlardagi oshlarni bir laganga toʻpladi. Boshqalar qoʻllarini artishdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Yigʻib koʻpaytirmoq, qoʻr qilmoq, jamgʻarmoq.
-
Mablagʻ toʻplamoq.
-
Akbar pul toʻplab qachondir Hindistonga sayohat qilishni orzu qilardi, tilagiga yetdimikan? X. Sultonov, Onamning yurti
-
Siz ham nafsga berilib, juda koʻp siym-u zar toʻplagansiz P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. Turli manbalardan olib, bir butun, yaxlit holga keltirmoq, yigʻmoq; tuzmoq, tartib etmoq.
-
Kolleksiya toʻplamoq. Gerbariy toʻplamoq. Maʼlumot toʻplamoq. Dissertatsiya uchun material toʻplamoq. Navoiy sheʼrlarini toʻplamoq. Kolxoz chorvachilik sohasida katta tajriba toʻpladi.
4. Chaqirib, chorlab, bir yerga yigʻmoq, uyushtirmoq.
-
Samarqand obidalaridek sanʼat asarlarining bunyod boʻlishiga homiylik qilgan, jahonga dongʻi ketgan odamlarni toʻp-lab, ularga sharoit yaratib bergan odam ezgulikni his qilmasligi mumkin emas. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Biz maktabda urushga ketganlarning rasmini toʻplayotgan edik. E. Raimov, Ajab qishloq
5. koʻchma Borini bir yerga yigʻmoq, yigʻishtirmoq (kuch, diqqat-eʼtibor va shu kabilarni).
-
Hushini toʻplamoq. Butun irodasini toʻplamoq.
-
— Nima? — shu vaqtgacha parishon turgan Huri fikrini toʻpladi. F. Musajonov, Nuri
-
U butun kuchini toʻplab, daraxtga chirmasha boshladi. N. Safarov, Tilsimchilar
-
[Yoʻlchi] Soʻnggi zarba uchun butun gʻazabini, kuchini, irodasini toʻpladi-da, bir qoʻlini yerga tirab, boshini yerdan uzdi. Oybek, Tanlangan asarlar
6. Yuzaga keltirmoq, hosil qilmoq.
-
Oʻq toʻplamoq.
-
Ariqdan hatlab oʻtdi-da, qiygʻos hosil toʻplayotgan gʻoʻza tuplaridagi koʻsaklarni sanay boshladi. Gazetadan
-
Togʻ bagʻirlarida asalarilarning moʻl va shifobaxsh asal toʻplashi uchun sharoit yetarli. Gazetadan
TO‘PLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎПЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘pla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar