to‘p
bilan ulashing
1. aynan Koptok 1.
-
Futbol toʻpi. Toʻp oʻynamoq. Raqib darvozasiga toʻp kiritmoq.
-
Bola oʻtirib olib, jon-jahdi bilan toʻpni puflashga tushdi. H. Nazir, Choʻl havosi
-
Qorongʻi tushguncha qoʻshni bolalar bilan toʻp tepishdik. H. Nazir, Yonar daryo
2. Qoʻl toʻpi Ikki jamoa aʼzolarining toʻpni qoʻlda muayyan qoidalar asosida bir-birlariga oshirib, raqib darvozasiga kiri-tishga qaratilgan sport oʻyini.
-
sportning qoʻl toʻpi, futbol, tennis, shaxmat-shashka, voleybol kabi turli seksiyalari ishlab turipti. Mushtum
1. aynan Toʻda.
-
Toʻpdan ayrilganni boʻri yer. Maqol
-
Uch davangir yigit orasida kelayotgan Maʼsuma beka darhol oʻzini shohi mato sotayotganlar toʻpiga urdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Ayol kartotekadan bir toʻp xatni olib, koʻz yugurtira boshladi. Guldasta
-
[Ayol] Paxtasini keltirib, xir-mondagi eng katta toʻpga toʻka boshladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Fabrikada oʻralgan, hali buzilmagan oʻlchovli gazmol; gazmol oʻrami.
-
Bir toʻp chit.
1. Uzun stvolli, quruqlik va suvdagi yoki havodagi nishonlarga zarba beradigan artilleriya quroli; zambarak.
-
Tankka qarshi oʻq otadigan toʻp. Toʻp oʻqi. Toʻpga tutmoq.
-
Kimdir artilleristlardan biri 76 millimetrli toʻpni sudrab kelib, Normat okopining yoniga oʻrnatdi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Tong yorir-yorimas Oqtepa tomonidan toʻp ota boshladilar, A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Qayerdadir toʻplar shoshilmasdan, vazmin gumburlaydi, ora-sira pulemyotlar asabiy takillab qoʻyadi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Uzing bilasanki, qism hujum boshlashidan ilgari artilleriya dushman pozitsiyasini qattiq toʻpga tutadi. A. Qahhor, Oltin yulduz
2. koʻchma ayn. Toʻpotar.
-
Toʻpga yaqin, quyoshning oʻtli nafasi zoʻrayishi bilan bugʻ yoʻqolib, hamma yoq charaqlab ketdi. A. Muhiddin, H. Tojiboyev, Otash qalbli qiz
-
Toʻpdan keyin Luqmonchaning onasi yetib keldi. A. Muxtor, Tugʻilish
taql. s. Yumshoq narsaning yerga urilishidan chiqadigan kuchsiz tovush haqida.
-
Olma toʻp etib yerga tushdi. Tashqarida bir narsa toʻp etdi.
TO‘P so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎП so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘p so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar