to‘piq
bilan ulashing
Boldir suyagining pastki uchidagi yon tomonga turtib chiqqan doʻmboq qismi.
-
Toʻpiq suyagi.
-
Loʻmbozday gʻildirak tosh dumalab borib, oʻng oyogʻi toʻpigʻiga qars etib urildi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Nihoyat, bir qarorga kelganday egilib, Sherbekning etigini yechishga urindi. Befoyda. Toʻpigʻi, panjasi shishib, etikni yorib yuborguday tirsillab turardi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Dalada bir koʻktoshga toyib, toʻpigʻimni chiqarib oldim. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Yoz kunlari Naymanchaning koʻchalari toʻpiqdan chang boʻlardi. A. Muxtor, Opa-singillar
to‘piq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dunyoni suv bossa, toʻpigʻiga chiqmaydi (yoki toʻpigʻidan kelmaydi)
Toʻpiq oʻyini
-
Toʻpiq oʻynab, bitta oʻtirishga tushdim.
Toʻpigʻini yalamoq
-
Qoʻrqma, jinni! Qachongacha toʻpigʻini yalaysan P. Tursun, Oʻqituvchi
TO‘PIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎПИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘piq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar