teshik
bilan ulashing
Teshilgan joy, kovak, oʻyiq.
-
Ignaning teshigi. Burunning teshigi. Devorning teshigi. Qopning teshigi. Quloqning teshigi. Teshik xalta. Teshik chelak.
-
Mehmonxonaning qator uch eshigi miltiq sigʻarlik oʻlchakda bir necha joyidan teshildi. Miltiqlar u teshiklarga qoʻyilib, otila boshladi. S. Ayniy, Qullar
-
Yigitcha koʻchaning narigi muyulishidagi eshik va boʻgʻot teshiklaridan gurkurab tutun chiqayotgan uyni koʻrsatdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Yaxshiyam vaqtida borib qolgani, yoʻqsa chodirning teshik joyi bor ekan, kechasi yomgʻir yoqqanda, toʻppa-toʻgʻri chaqaloqning ustiga tomaveribdi. S. Anorboyev, Oqsoy
teshik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kirmagan teshigi qolmadi yoki kirmagan teshigi yoʻq
Teshik munchoq yerda qolmas
-
Bo xudo, teshik munchoq yerda qoptimi? Sochingning moʻyicha er. Kimlar olmaydi seni?! Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Teshik tomoq (yoki jigʻildon)
-
Qaramogʻimda oʻn ikkita yeyar ogʻiz, teshik tomoq bor.
-
Biz bunaqangi teshik jigʻildonlarning bahridan oʻtmasak boʻlmaydi. A. Muhiddin, Nuqsonboy
Teshik quloq eshitadi
-
U ham ishlaydi. Birda boʻlmasa birda eshitadi. Teshik quloq emasmi? Oydin, Mardlik — mangulik
TESHIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕШИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
teshik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar