yaltiroq
bilan ulashing
1. Yalt-yalt qiladigan, shu darajada tiniq.
-
Yaltiroq shisha. Yaltiroq tanga. Yaltiroq narsa oltin boʻlavermaydi. Maqol
-
Ikki qulogʻiga oftobni uzib olib qoʻygandek yaltiroq zirak taqqan bir qiz kirdi. S. Ahmad, Laʼli Badaxshon
-
Elmurodning nazarida, bu yaltiroq koʻzlarda butun bir alam yonib turganga oʻxshadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Pichoqning qora sopi yaltillar edi, tigʻi esa qotib qolgan qon bilan oʻz yaltirogʻini yoʻqotgan. H. Shams, Dushman
2. koʻchma Boʻyoqli, bejama, yuzaki.
-
U [Mashhadiy] sultonlarni, beklarni puchak, lekin koʻz qamashtirgich yaltiroq soʻzlar bilan madh etmoqqa mohir. Oybek, Navoiy
-
Chunki sen muhabbat bogʻlagan erkak senga oʻzining yaltiroq qirralarini koʻrsatadi. A. Qahhor, Sarob
yaltiroq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Usti (yoki sirti) yaltiroq — ichi qaltiroq
-
Sirti yaltiroq — ichi qaltiroq bu uylardagi kamchiliklarni bartaraf etish ilinjida ustasi farang quruvchilar boshligʻiga uchrayverib, oyoqlarimizda darmon qolmadi. Mushtum
YALTIROQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯЛТИРОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yaltiroq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar