tesha
bilan ulashing
1. Tigʻi dastasiga nisbatan koʻn-dalang oʻrnatilgan chopish, kesish quroli.
-
Dast tesha. Poy tesha.
-
Na oʻtin boʻlmasa, na oʻtinni yorgani teshasi boʻlmasa, nima qilaman? Hamza, Tuhmatchilar jazosi
-
Hasharchilar ketmon, belkurak, tesha, gaz va boshqa asbob-uskunalarni maktab omborchisiga topshirib, uy-uylariga tarqaldilar. H. Gʻulom, Binafsha atri
2. Tesha (erkaklar ismi).
tesha soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oyogʻiga (yoki tagiga, ildiziga va shu kabilar) tesha urmoq
-
Bir necha qizimizning nom-u sini barbod etgan, xonadonlarni buzgan, mustahkam oyogʻimizga tesha urmoqchi boʻlgan iblisni fosh qilib, sizni falokatdan qutqarib qolmoqchiman. Gʻ. Gʻulom, Xalq hukmiga havola
Tesha tegmagan
-
Tesha tegmagan gaplar. Tesha tegmagan yangilik.
-
Yusufjon qiziqning Oxunjon qiziq bilan qiladigan tesha tegmagan askiyalari va latifalari zalda gulduros qarsaklarga va kulgi koʻtarilishiga sababchi boʻldi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
-
Tikila turib, xayolida bir tesha tegmagan fikr uygʻondi. H. Nazir, Mayoq sari
Holvachining teshasiday
-
[Guljon Mirzaraimga:] Avval Rustambekning tilidan holvachining teshasiday kaltagina xat qildirdim. Hamza, Paranji sirlari
TESHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕША so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tesha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar