oqliq
bilan ulashing
1. Sut va sutdan tayyorlanadigan mahsulotlar (qatiq, qaymoq va shu kabilar).
-
Agar boʻlsa oqligʻing, bilinmaydi yoʻqligʻing. Maqol
-
Echki boʻlsa hamki, bola-chaqaga oqlik oʻzimizdan chiqib turgan edi, goʻsht-poʻshtini olib, bitta sogʻin echki bersanglar. S. Ahmad, Hukm
-
Anchadan beri oqliq koʻrmagan farzandlarimning sutni nihoyatda ishtaha va ishtiyoq bilan icha-yotganini koʻrib, oʻpkam toʻlib yigʻlab yubordim. Gazetadan
2. Pishirilgan sutni ivitish (qatiq qilish) uchun unga solinadigan ozgina qatiq; tomizgʻi.
-
— Hozir sut soqqandirsiz, axir. — Sogʻdim Pishirib, oqliq solib qoʻygan edim. A. Qahhor, Sarob
3. etn . Toʻyga rozilik belgisi sifatida sovchilarga sovgʻa qilinadigan oq yoki ochiq, och rangli gazlama, roʻmol, kiyim-kechak.
-
[Eshon] Qoʻynidagi bir kiyim chitni Surxonboyning oldiga qoʻydi-da, gap boshladi: — Mana bu xamir uchidan patir, hojim Oqliq Quda boʻlmoqchimiz. I. Rahim, Taqdir
4. etn. Koʻmish marosimiga, azaga kelganlarga boʻlib beriladigan roʻmolchabop gazlama; yirtish.
-
Oqliq yirtish.
5. etn. Kafan, kafanlik.
-
Abdurahmonboy Olimjonni boyligiga sohib qilib, oʻzi ikki gazlikkina oqlikka ega boʻlib, hovli-joylarini tashlab, bir boʻygina chuqurgacha kirib, bedom-u darak ketdi. Hamza, Tanlangan asarlar
OQLIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҚЛИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oqliq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar