uchqun
bilan ulashing
1. Yonib yoki laqqa choʻgʻ boʻlib turgan moddadan otilib, uchib chiquvchi zarra
-
Yiltiragan choʻgʻ yerga tushib, ojiz uchqunlar sachratib soʻndi. M. Muhamedov, Qimmat bilan Himmat
-
Toʻxta xola tandirga oʻt qoʻyganga oʻxshaydi, koʻcha tomonga goh-goh uchqun uchib turibdi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Narsalarning bir-biriga tegishi, urinishidan hosil boʻluvchi olov-zarra.
-
Tohir boltani., goh qulfga, goh darvoza zanjirining zulfiniga urar, temirdan uchqun sachrar edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Koʻkrak choʻntagidan moʻjazgina yaltiroq qutichani olib, bir joyini bosgan edi, chirs etib uchqun sachrab, qutichaga oʻrnatilgan pilik alanga oldi. K. Yashin, Hamza
3. Narsalarning sachraydigan, sochiladigan eng mayda boʻlagi, zarrasi.
-
Temir uchquni.
-
Sovuq shamol zoʻrayib, qor uchqunlari burunga, koʻzga, peshonaga urila boshladi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Qalin, qora bulut yana bitta-bitta sovuq uchqun tashlab, hamma yoqni qoplab olgan. Oʻ. Hoshimov, Ikki surat
4. koʻchma Sezgi, hissiyot, qobiliyat va shu kabilar belgisi.
-
Lekin koʻnglida goho yilt etgan uchqun chaqnaydi. Bu —umid, roʻshnolik, najot uchquni. S. Siyoyev, Avaz
-
bu xotinda, shirinsoʻzligi va tashqi koʻrinishini hisobga olmaganda, satanglikdan uchqun ham yoʻq edi. S. Zunnunova, Gulxan
5. Uchqun (erkaklar ismi).
UCHQUN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЧҚУН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uchqun so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar