uchrash
bilan ulashing
1. Uchramoq feʼlining birgalik nisbati.
-
Ular darrov vrachga uchrashsin.
-
Boʻronbek bilan Komil Chirchiqdan oʻtayotganda, qizillar toʻsigʻiga uchrashibdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Eshikni Inobat ochdi. Alamli koʻzlar bir-birlari bilan uchrashdi. X. Toʻxtaboyev, Felyetondan soʻng
2. Biror maqsad bilan huzurida boʻlmoq; uchramoq (
-
Yoʻlchi ertasiga Qoratoyga uchrashgani Shoqosimni yubormay, oʻzi ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Maʼqul, agar bu kun domlaga uchrashsam, javobini ertaga olaman, deyaymi? A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
3. Biror maqsad bilan oʻzaro muloqot qilmoq, koʻrishmoq.
-
Qalliqlar odamlarning koʻzidan yiroqda — yashiriqcha uchrashib yurar edilar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Ahmedov Saodatxonning rayono mudiri Vohidov bilan uchrashmoqchi boʻlganini eshitib, sal oʻzgarib qoldi. S. Zunnunova, Yangi direktor
UCHRASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЧРАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uchrash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar