uchra
bilan ulashing
1. Qarshisidan chiqmoq, duch kelmoq.
-
Yoʻlda ikki otliq uchradi. Bu joy-da birorta tanish uchramadi.
-
Sel oqimi yoʻlida uchragan hamma narsani ostin-ustun qilib, shaharga bostirib kelardi. Gazetadan
2. Huzurida, suhbatida boʻlmoq; uchrashmoq.
-
Otasiga uchrab, oʻzimni tanitdim, qimtinib, tortinib, arzimni aytdim. Mushtum
-
Ana shundan keyin Gʻulomjon shaharga tushib, toʻgʻri hokimga uchradi. U ham mingboshiday yumshoq muomala qildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Qismatiga tushmoq, nasib boʻlmoq, yoʻliqmoq.
-
Qoʻyaver, xotin, shu qizga ham menga oʻxshagan koʻsa kuyov uchrasin. S. Ahmad, Hukm
-
Hech qayerda bunday ulgurji gʻanimat uchramadi. A. Qahhor, Bashorat
4. Mavjud boʻlmoq, boʻlmoq.
-
Bu kasallik koʻpincha yoz oylarida tarqaladi va 2—8 oylik qoʻzi, uloqlarda koʻproq uchraydi. Fan va turmush
-
Mening boshqalarda uchramaydigan yana bitta fazilatim bor. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
5. Duchor boʻlmoq, yoʻliqmoq.
-
Tavba deng, bolam, boʻydoqsiz, yana shunday tannozlardan biriga uchrab Guldasta
-
Umrim pakkasiga yetay deganda, xudoning qahriga uchradim, qizim. K. Yashin, Hamza
-
Mariyaning baxtiga qarshi, amaki sil kasalligiga uchrab, ishdan qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar
UCHRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЧРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uchra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar