hujum
bilan ulashing
1. Egallash, yoʻq qilish, qaytarish va shu kabilar maqsadda harakat qilish; shunday maqsaddagi harakat, urinish; hamla.
-
Ayollar tosh, gʻisht parchalarini koʻtarib, eshik va derazalarga hujum qila ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Shu payt qoʻqqisdan ikkinchi burgut ham hujumga oʻtdi. Oqsoq toʻngʻizcha anchagacha chiyillab turdi, soʻng ovozi tindi. Fan va turmush
-
Rahim itining olgʻirligi, qoʻy podasini qanday qilib boʻrining hujumidan qutqargani haqida maqtana ketdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
2. harb. Biror hududni zabt etish, dushmanni yoʻq qilish uchun texnika va shu kabilar bilan harakat qilish, tashlanish.
-
Hujumga oʻtmoq. Dushman hujumini qaytarmoq. Havo hujumi.
-
Bombardimonchilarning hujumi oʻn besh minut davom etdi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Dushman qanchalik gangitilsa hujumning muvaffaqiyati shunchalik muqarrar boʻladi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Oʻrmon yaqinida shox-shabba bilan yashirilgan ikkita dushman tanki hujumga shay turganligi haqida xabar keltirishdi. Gazetadan
3. sprt. Qarama-qarshi tomonli sport oʻyinlarida raqibning himoyasini yengish, himoya nuqtasini ishgʻol etish uchun tashlanish harakati.
-
Ketma-ket boʻlgan hujumlar oʻz natijasini berdi: futbolchilarimiz raqib darvozasiga javobsiz ikki toʻp kiritdilar. Boksda hujum bilan birga himoyani ham esdan chiqarmaslik kerak.
-
Uning raqibi shohni hujumdan mudofaa qilish uchun uzoq oʻylanib qoldi. I. Rahim, Chin muhabbat
4. koʻchma Tanbeh, haqorat qilish, soʻkish va shu kabilar bilan kimsaga tashlanish; hamla.
-
Xushroʻy chodirdan chiqmasdanoq, choy tashib, xizmat qilib yurgan kundoshiga kesatiq bilan hujum boshlaydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Shuning uchun Ubaydulla aka har bir masalada kuyovining yonini olar, xotini sal gʻinshiy boshlasa, darhol hujumga oʻtardi. Oʻ.Usmonov, Sirli sohil
5. koʻchma Biror katta ish yoki tadbirni amalga oshirishga qaratilgan umumxalq harakati.
-
Savodsizlikka qarshi hujum. Paranjiga qarshi hujum.
-
Mashinalar ishlayotgan joyda choʻlga qudratli hujum boshlanganligi sezilib turibdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
HUJUM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲУЖУМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hujum so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar