hujra
bilan ulashing
1. Kishi yashaydigan kichkina xona, uycha.
-
Raʼno shu soʻzni aytib, orqasiga qayta berdi, eshikni boyagicha yopib, hujradan yiroqlashdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Choʻlda men oʻzimga kichkinagina hujra qurib olganman. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Davlatyor qaytdi. Elmurod chiy toʻsiqlik ayvon oldida
-
asta odimlab, oʻz hujrasiga oʻtdi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
2. tarixiy Madrasa, qorixona va masjidda shogirdlar, domullalar yashashi uchun ajratilgan kichik xona(lar).
-
Bu hujralarning koʻpchiligi bir eshikli va oldi ravoqli boʻlib, odam ham, havo ham, ziyo ham oʻsha bir eshikdan kirardi. S. Ayniy, Esdaliklar
-
Madrasa hujrasi sochadi ziyo, Asrlar qaʼriga zulmatni quvib. A. Sher.
HUJRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲУЖРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hujra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar